O‘zbekiston | 16:55 / 25.01.2023
8309
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ucell o‘tgan yili tarmoq rivoji uchun 111,5 million dollar investitsiya kiritdi

2022 yilda Ucell mobil operatori tarmoq modernizatsiyasiga 111,5 mln dollar sarfladi: bu rasman e’lon qilingan O‘zbekiston uyali aloqa kompaniyalari investitsiyalari orasida hammasidan ko‘p. Ushbu sarmoya orqali respublika bo‘ylab 2637ta xilma-xil turdagi yangi tayanch stansiya qurildi.

Foto: Ucell

Ucell tarmog‘ida o‘tgan yili 331ta yangi obekt ishga tushirildi va 781ta mavjud obekt modernizatsiya qilindi, bu esa 2637ta yangi tayanch stansiyasini tijoriy foydalanishga topshirish imkonini berdi. Xususan:

  • 661ta 2G formatidagi stansiya, ovozli aloqa;
  • 468ta 3G formatidagi stansiya, ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish;
  • 1488ta LTE 4G formatidagi stansiya, tezkor ma’lumotlarni uzatish;
  • 20ta 5G formatidagi stansiya, beshinchi avlod mobil aloqa.
Foto: Ucell

Texnologik baza rivojlanishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining qator tumanlarida yangi obektlar barpo etildi. Ushbu aholi yashash punktlarida avval tarmoq qoplami bo‘lmaganini alohida ta’kidlash lozim. Aloqa sifati yaxshilanishi Andijon va Samarqand viloyatlarida, Buxoro shahrida va  Toshkent – Samarqand trassasida qayd etildi.

Ucell texnik direktori Aleksandr Moxovning aytishicha, o‘tgan yil kompaniya texnik departamenti tomonidan 110 kmdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yildi. Ucell tarmog‘ida ham 1800ta chastota diapazonini 2G standartidan 4G standartiga o‘tkazish bo‘yicha katta hajmdagi ish amalga oshirildi. Bu tezlikni oshirish va ma’lumot uzatish hajmlarini ko‘paytirish imkonini berdi.

Bunday yirik va texnologik qayta qurollanish taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanishi, tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va trafigi oshishi, stansiyalarga ortiqcha yuk tushishi holatlari sezilarli kamayishiga xizmat qildi.  

Yana bir muhim yangiliklardan biri – Ucell foydalanuvchilari soni 8 millionga yetdi. Uyali aloqa qamrovi hududi kengayishi, ma’lumot uzatish tezligi oshishi, ofislar tarmog‘i rivojlanishi, qulay va hamyonbop tariflar joriy etilishi tufayli Ucell abonentlar bazasi o‘sishida yetakchi pozitsiyalarni egalladi.  

Yilning asosiy yangiligi: “Sof” tarif rejasi yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. U abonentlar e’tirofini qozondi va eng yaxshi mijozlar tajribasiga ega mahsulot sifatida TAF!22 To‘rtinchi Toshkent reklama festivali mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Ucell

Tarif rejasi quyidagi asosiy afzalliklarga ega:

  • abonent to‘lovi minus hisobiga olib qolinmaydi;
  • ishlatilmagan trafik keyingi oyga o‘tadi;
  • xarajatlar to‘liq nazorat qilinadi; qulay notifikatsiyalar tizimi.

Joriy etilgan yangilik internet paketlariga ham tegishli: abonent to‘lovi o‘z vaqtida amalga oshirilgan holatda ishlatilmagan trafik ham keyingi oyga o‘tadi.  

Ucell Samarqandda ShHT sammitida aloqa sifati yaxshilanishida o‘z hissasini qo‘shdi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida (2023 yil 1 yanvardan – Raqamli texnologiyalar vazirligi) kompaniya mutaxassislari «Samarqand» xalqaro aeroporti, Silk Road Samarkand turizm markazi va Samarqandning tarixiy markazida 5G tarmog‘ini yoyishdi. Bu, albatta, O‘zbekistonning turizm uchun jozibadorligini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, uyali aloqa operatorlari tomonidan mamlakatga olib kiriladigan uskunalar, dasturiy ta’minot, material va ehtiyot qismlar import bojlaridan ozod etilishi tarmoqlar modernizatsiyasi uchun kuchli turtki bo‘ldi va O‘zbekistondagi aloqa darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 

Foto: Ucell

Ucell bosh direktori Andrey Shishkovskiy kiritilgan investitsiya haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

«Biz kompaniyada barchasi mukammal, degan fikrdan yiroqmiz. Modernizatsiya ishlari olib borilgan va olib boriladi. Ucell tomonidan tarmoqni rivojlantirishga mo‘ljallangan investitsiyalar – yetakchilik yo‘lidagi strategik qadamlar. Yetakchilik asl maqsad emas, kompaniya faoliyatida doimiy ravishda xizmat va servis sifati ustuvorligicha qolmoqda. Jamiyat raqamli olamga qadam qo‘yganiga ancha bo‘ldi.

Iqtisodiyot raqamlashtirildi. Har bir abonent smartfonida bir nechtalab bank ilovalari mavjud. Ucell Internetga ta’limiy-axborot muhiti, biznes yuritish vositasiga kirgandek kirish imkoniyatini yaratmoqda. Biz Ucell kompaniyasi tomonidan joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish yordamida O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun eng yaxshi hayot sifatini ta’minlashga intilmoqdamiz».

Sayt: Ucell.uz

Reklama

Mavzuga oid