Jahon | 08:50 / 26.01.2023
8684
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden: AQSh Ukrainaga 31 ta M1 Abrams tankini yuboradi

AQSh ma’muriyati Ukrainaga 31 ta M1 Abrams tankini yuboradi, deb tasdiqladi prezident Jo Bayden Oq uyda so‘zlagan nutqida. 

Foto: Getty Images

Bayden Germaniya tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash faollashganini qayd etdi. Amerika yetakchisi Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan telefon orqali muloqot qilganini tasdiqladi.

Bayden shuningdek, Kiyevga tanklar yetkazib berish va qo‘llab-quvvatlash Rossiya uchun «hujum tahdidi» emasligini ta’kidladi. 

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yetkazib berish bir necha oy ichida amalga oshirilishi mumkin. Tanklar Ukraina Qurolli kuchlariga «ochiq joylarda manyovr qilish qobiliyatini yaxshilash» uchun zarur», — deb qo‘shimcha qildi u. 

«Rossiyaning kutishlari» shundan iboratki, bizning ittifoqimiz «parchalanadi», dedi Bayden AQSh-Yevropa aloqalari haqida. «Ammo biz to‘liq, mutlaqo va tubdan birlashganmiz», dedi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid