Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat mulki obektini sotishdan tushgan mablag‘ mahallalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi
Prezident tomonidan “O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
O‘zgarishlarga muvofiq:
davlat mulki obektlarini ijaraga berish uchun auksionga qo‘yilganda umumiy asoslarga ko‘ra ijara muddati uch yil etib belgilanadi. Ijaraga oluvchi tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilganda ijara muddati uch yilga uzaytiriladi;
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat organlarining uch oydan ko‘proq muddat ichida foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan obektlari (ijtimoiy obektlardan tashqari) ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun onlayn-auksion savdoga qo‘yiladi.
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagicha taqsimlanadi:
mahalladagi maydoni 2 ming kvadrat metr bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga;
xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025