Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyetolog xavotir va tushkunlikka sabab bo‘luvchi mahsulotlarni sanadi
Shakar va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlar tushkunlik va xavotirga sabab bo‘lishi mumkin.
Rossiyalik shifokor va diyetolog Mixail Ginzburg tez-tez iste’mol qilinishi tushkunlik va xavotirga sabab bo‘luvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi. U ayniqsa, shakarni va tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlar – konfetlar, tort va pishiriqlarni ajratib ko‘rsatdi.
«Odamlar, albatta, shirinlik yeb, miyam yorishdi, deb o‘ylaydi, lekin aslida insonning miyasi o‘z-o‘zidan yaxshi ishlasa, unga shakar ko‘rinishidagi qo‘shimcha stimulyator kerak emas», dedi u.
Bundan tashqari, tushkunlikka neyro-yallig‘lanish ham sabab bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, uni non, kartoshka va guruch keltirib chiqarishi mumkin, chunki bu mahsulotlar qondagi shakar miqdorini tezda oshiradi.
Diyetolog so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulotlarni tanovul qilgandan keyin yanada ko‘proq ovqat yeyishni xohlaysiz. Inson miyasida mukofotlash tizimi ham o‘zgaradi. Bu esa ovqatdan zavqlanishga, uning yo‘qligida esa tushkunlikka olib keladi.
«Trans yog‘lar (margarin, kungaboqar moyi, kolbasa, sardelkalar) miyadagi qon tomirlari faoliyati buzilishi ehtimolini oshiradi, bu esa depressiv kasalliklarga olib kelishi mumkin», dedi Ginzburg.
Mavzuga oid
17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
09:32 / 26.04.2025
Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi
18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi
16:55 / 25.03.2025