Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oleksiy Reznikov: G‘arb tanklari Ukraina uchun «temir musht» bo‘lib xizmat qiladi
Ukraina g‘arbdan olgan tanklaridan o‘ziga xos «temir musht» sifatida rus qo‘shinlarining mudofaa chizig‘ini yorib o‘tish va Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarni ozod qilish uchun foydalanadi. Bu haqda Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Oleksiy Reznikov ma’lum qildi.
Shu bilan birga, u havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini aytdi.
«Biz osmonimizni yopishimiz, osmonimizni himoya qilishimiz kerak. Bu birinchi raqamli ustuvor vazifa. Shundan so‘ng biz ko‘proq jangovar mashinalar, tanklar, artilleriya tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va hokazolarni olishimiz kerak. Bizda odamlar bor, lekin bizga qurol kerak», - deya ta’kidladi Reznikov.
Avvalroq Kanada Ukrainaga topshirish uchun AQShdan NASAMS (National Advanced Surface-to-Air Missile System) havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishi, bu haqda Kanada mudofaa vaziri Anita Anand Twitter'da ma’lum qilgani xabar berilgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qilgan va u hozirda havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘z mamlakati uchun ustuvor vazifa ekanini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
10:32 / 04.04.2025
AQSh: Rossiya Ukrainadagi urushda 4000 dan ortiq tankni yo‘qotdi
15:12 / 13.12.2024
Tayvan armiyasi o‘z tanklarni dronlardan himoya qilishning yangi usulini ko‘rsatdi
12:32 / 06.12.2024