Osiyo chempionati U22. Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi ham qit’ada tengsiz bo‘ldi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Foto: Osiyo chempionati U22
Bugun, 26 yanvar kuni musobaqa doirasida yigitlar o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Final bahslarida 10 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Shundan 9 nafari g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bir nafar bokschimiz finalda imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan yurtimizga qaytadi. Yana bir nafar bokschimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Milliy jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov
Kumush:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev
Bronza:
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov
Qayd etish joiz, O‘zbekiston erkaklar jamoasi Tailanddagi qit’a birinchiligiga 13 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 yanvar kuni musobaqa doirasida O‘zbekiston ayollar jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U22 jamoasi Osiyo chempionatini ayollar o‘rtasida ham, erkaklar o‘rtasida ham, umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinda yakunladi.
Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha U22 jamoamiz 28 yanvar kuni soat 16:00da Toshkentga qaytib keladi.
Mavzuga oid

22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi

15:20 / 12.02.2025