O‘zbekiston | 12:36 / 26.01.2023
4555
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1,6 barobarga oshdi

So‘nggi yillarda qurilish korxonalari qanchaga ko‘paygani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni, 2019 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 2019 yilda 29 112 tani tashkil etgan.

Bundan tashqari, 2020 yilda qurilishda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 36 199 taga, 2021 yilda – 40 950 taga teng bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilda – 43 695 tani, 2023 yilda – 46 971 tani tashkil qildi. 

Mavzuga oid