Jahon | 13:58 / 28.01.2023
10049
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyadagi prezidentlik saylovida NATO sobiq generali g‘alaba qozonishga yaqin turibdi

Prognozlarga ko‘ra, NATO sobiq generali Petr Pavelning Chexiyada davlat rahbari bo‘lish imkoniyati yuqoriroq. Uning saylovdagi raqibi mamlakatning sobiq bosh vaziri Andrey Babishdir.

Petr Pavel va Andrey Babish Foto: Tomas Tkacik/SOPA Images/ZUMA

Chexiyada 28 yanvar, shanba kuni ertalab mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichining so‘nggi kunida ovoz berish boshlandi. Hozir Milosh Zeman egallab turgan lavozimga NATOning iste’fodagi generali Petr Pavel va mamlakatning sobiq bosh vaziri, milliarder Andrey Babish da’vogarlik qilmoqda.

Ikki hafta oldin, ovoz berishning birinchi bosqichida ularning hech biri saylovchilarning ko‘pchilik ovozini ololmay, 50 foizlik chegaradan o‘ta olmadi. Ayni paytda, so‘rovlarga ko‘ra, Chexiya armiyasining sobiq bosh shtab boshlig‘i va Sharqiy Yevropa davlatlaridan birining NATO Harbiy qo‘mitasiga raislik qilgan birinchi vakili – Pavelning g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori: fuqarolarning 53-59 foizi uning uchun ovoz berishga tayyor.

27 yanvar kuni Chexiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. Saylov kampaniyasidagi asosiy mavzu Ukrainadagi urush bo‘ldi. Shu tariqa, ovoz berishning birinchi bosqichi natijalari e’lon qilingandan so‘ng, Babish jamoasi butun mamlakat bo‘ylab Chexiyani urushga jalb qilmaslik va’dasi bilan plakatlarni osib qo‘ydi.

O‘z navbatida, mamlakatning o‘ng-markaziy hukumati ko‘magida mustaqil nomzod sifatida saylovda qatnashayotgan Pavel bundan keyin ham Ukrainani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga hamda Chexiyaning Yevropa Ittifoqi va NATO bilan mustahkam aloqalarini saqlab qolishga va’da bermoqda.

Chexiyada prezident ramziy rolga ega. Shu bilan birga, u hukumatni, Markaziy bank rahbarini va konstitutsiyaviy sudyalarni tayinlash uchun ham javobgardir, shuningdek, oliy bosh qo‘mondon hisoblanadi. Amaldagi prezident Milosh Zemanning vakolat muddati mart oyida tugaydi. U bu lavozimni 2013 yildan beri egallab kelmoqda, ikki marta saylovlarda g‘alaba qozongan va joriy saylovlarda qatnasha olmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid