Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya OTM konchilik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti (NDKTU) va Ispaniyaning Ovedo universiteti (OU) vakillari o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Shuhrat Aliqulov, Ispaniya tomonidan Ovedo universitetining xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha prorektori Xesus Daniel Santos Rodriges va GEDEPSA kompaniyasining bosh direktori Alexandro Pastrana Molero ishtirok etdi.
Shuhrat Aliqulov Ispaniyaning Ovedo universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va qo‘shma loyihalarni joriy qilishdan ham manfaatdor ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, Ovedo universitetining xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha prorektori Xesus Daniel Santos Rodriges O‘zbekiston universiteti bilan yaqin aloqalarni o‘rnatishga tayyor ekanini aytdi.
Uchrashuv so‘ngida konchilik, energetika va materialshunoslik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
20:47 / 22.08.2024
Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi
10:20 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Ispaniyaning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:21 / 31.05.2024