Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharja va Buxoro o‘rtasida birodarlik munosabatlari o‘rnatiladi
Buxoro viloyati va shahri hokimliklari hamda Birlashgan Arab Amirligining Sharja amirligi vakillari o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqotda 2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston va Sharja savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvga binoan, o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Sharja amirligiga safarini tashkil etish, O‘zbekiston Tabiat resurslari vazirligi va Sharjaning yirik Beeah group kompaniyasi o‘rtasida muloqot o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Buxoro va Sharja o‘rtasida aviaqatnovlarni tashkil etish, ta’lim, madaniyat va merosni asrash sohalaridagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish xususida fikr almashdi.
Sharja va Buxoro o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish yuzasidan Sharja delegatsiyasining 27 fevral – 2 mart kunlari Buxoro shahriga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025