Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyadagi turnirni 2-o‘rinda yakunladi
Abdusattorov hal qiluvchi bahsda yutqazib qo‘ydi.

Foto: tatasteelchess.com
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida «Tata Steel Chess-2023» turniri yakuniga yetdi. 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan turnirning so‘nggi, 13-turida Nodirbek Abdusattorov mezbon shaxmatchi Yorden van Forestga qarshi bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi.
A brilliant tournament by Nodirbek Abdusattorov ends with a loss, but what a performance throughout 13 rounds! 🥹👏 pic.twitter.com/Dh8prjIQH4
— Chess.com (@chesscom) January 29, 2023
Shu tariqa, turnir davomida peshqadam bo‘lib kelgan o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘zini durang ham qoniqtirishi mumkin bo‘lgan holatda yutqazgach, musobaqani 8 ochko bilan 2-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. So‘nggi turdagi muvaffaqiyati evaziga 8,5 ochko jamg‘argan niderlandiyalik Anish Giri esa Masters guruhi g‘olibiga aylandi.
♟| BREAKING | Anish Giri wins the 2023 Tata Steel Chess Tournament
— Tata Steel Chess (@tatasteelchess) January 29, 2023
As Anish Giri won his final game, Nodirbek Abdusattorov did not manage to hold of Van Foreest. Tournament Ambassador Anish Giri is now the 85th Tata Steel Chess Champion! #TataSteelChess pic.twitter.com/Rm4pT6Zr9m
Abdusattorov turnir davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramay, 4 bahsda g‘olib bo‘lgan, 5-turdan buyon peshqadamlikni hech kimga bermay kelayotgandi. O‘zbekistonlik shaxmatchi Rapport, Parham, Magnus Karlsen va Arjun Erigaisini mag‘lub etib, qolgan raqiblari bilan durang qayd etgandi.
Challengers guruhida esa o‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Javohir Sindorov so‘nggi turda niderlandiyalik Tomas Beyerdsenni mag‘lubiyatga uchratib, 8,5 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

16:24 / 12.02.2025
Shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova AQShdan O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi

11:59 / 11.01.2025
2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi

20:00 / 12.12.2024
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi

21:35 / 25.11.2024