Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azimut aviakompaniyasi Sochi va Buxoroni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi
Sochi - Buxoro - Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta - yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning Azimut aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti «Buxoro» xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
An’anaga ko‘ra, ekipaj va yo‘lovchilar karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.
Sochi — Buxoro — Sochi yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Azimut aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Farg‘ona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bog‘lagan.
Azimut — Rostov-Don va Krasnodarda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025