Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekistonda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni boshlaydi
O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasida IBMC Financial Professionals Group kompaniyasi rahbarlari Sajiz Kumar va Yelena Pendurova bilan muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Sajiz Kumar O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar va ishbilarmon doiralar vakillariga qaratilayotgan e’tiborni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini bildirdi.
«O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar bizning kompaniyamizni ham qiziqtiryapti. Biz o‘zbek hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz», deb ta’kidladi u.
Muzokaralar yakunida IBMC Financial Professionals Group kompaniyasi bilan O‘zbekistonga investitsiya kiritish, zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025