O‘zbekiston | 08:07 / 31.01.2023
10553
1 daqiqa o‘qiladi

Chorvoqdagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Kecha, 30 yanvar kuni soat 08:20 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onidagi 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan.

Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida xonadon devor va shiftiga shikast yetgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgan. Portlash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid