O‘zbekiston | 10:16 / 31.01.2023
16697
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30 yanvardagi qarori bilan sobiq Toshkent shahri hokimi va xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi deputati Jahongir Ortiqxo‘jayev Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarildi.

Qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, shuningdek, uning Senat a’zosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi.

27 yanvar kuni Toshkent shahar Kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandi.

2018 yil aprelidan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilib kelgan Ortiqxo‘jayev 2023 yilning ilk haftalarida shaharda elektr va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq jiddiy muammo yuzaga kelishi ortidan 16 yanvar kuni ishdan bo‘shatildi.

Shu kuni sobiq hokim Istanbulga uchib ketmoqchi bo‘lganida to‘xtatilgani xabar qilindi.

Mavzuga oid