Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Usmon Sharifxo‘jayev / Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, Usmon Sharifxo‘jayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
- Temur Komilov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Dilshod Kenjayev maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Uzoq Begimqulov maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
- Alisher Ubbiyev maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Bahodir Anorboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Nodir Musliddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Ibrohim Jo‘rayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan, Vahob Rajabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi negizida tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi rahbari Hilola Umarova bo‘lgandi. U bungacha prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida edi.
Mavzuga oid

19:07 / 14.05.2025
Prezident maktablarining PISA'dagi ishtiroki umumiy natijalarga katta ta’sir qilmaydi – Andreas Shlyayxer

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025