Qizil kitobga kiritilgan saqoqushni ovlagan fuqaroning shaxsi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda pushti saqoqush ovlanib, shafqatsizlarcha o‘ldirilgan tasvir tarqaldi. Tabiat vazirligi inspektorlari va “Ekologik patrul” guruhi holat sodir bo‘lgan manzilni va fuqaroning shaxsini aniqladi.
Vazirlikning «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirda holat Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joylashgan ko‘lda sodir bo‘lgani va fuqaro E.D. bir bosh saqoqush (pelikan)ni qarmoq yordamida ushlab, nobud qilgani aniqlandi.
Mazkur holatda “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi hamda “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlari buzilgan.
Saqoqush (pelikan) O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tur bo‘lgani sababli huquqbuzarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar tegishli prokuratura organlariga taqdim etildi.
Pushti saqoqush O‘zbekiston Qizil kitobiga zaif, qisqarib borayotgan uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur maqomi bilan kiritilgan. U, shuningdek, TMXI (Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi) Qizil ro‘yxatiga ham kiritilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
21:13 / 31.10.2024