So‘nggi ishlab chiqarilgan Boeing 747 layneri buyurtmachiga topshirildi
Amerikaning Boeing kompaniyasi buyurtmachiga so‘nggi ishlab chiqarilgan 747 modelidagi laynerni topshirdi. Ushbu modelning ekspluatatsiyasi 1970 yilda boshlangan, uzoq vaqt davomida samolyot dunyodagi eng keng havo kemasi bo‘lgan.
Amerikaning Boeing aviakompaniyasi 31 yanvar, seshanba kuni o‘zi ishlab chiqargan 747-rusumdagi so‘nggi laynerini mijoz – Amerikaning Atlas Air yuk aviakompaniyasiga topshirdi. Vashington shtatidagi Boeing zavodida samolyotni topshirish marosimi konsern saytida namoyish etildi. Marosimda zavod ishchilari, aviatsiya sanoati top-menejyerlari va Hollivud aktyori Jon Travolta ishtirok etdi.
Zavodda oxirgi, 1574-Boeing 747 2022 yil dekabrida yig‘ilgan edi. Uning korpusida 1960-yillarda ushbu laynerni ishlab chiqish guruhini boshqargan muhandis Jo Satterning portreti va dastxati bor.
CNN telekompaniyasi Lufthansa nemis aviakompaniyasi bosh direktori Karsten Shporning so‘zlaridan iqtibos keltirgan: «Boeing 747 - bu juda ko‘p narsalarning timsoli va eng avvalo, menimcha, bu dunyo timsoli, 747 samolyoti uni ancha kichraytirdi».
Fyuzelajda o‘ziga xos «o‘rkachi» bo‘lgan avialaynerning ekspluatatsiyasi 1970 yilda boshlangan. Uzoq vaqt davomida u dunyodagi eng keng samolyot bo‘lib keldi: texnikada 600 dan ortiq yo‘lovchi o‘rindiqlari mavjud. Bundan tashqari, Boeing 747 Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentini olib yuruvchi «Birinchi raqamli bort» vazifasini bajargan hamda AQShning Space Shuttle tizimi kosmik kemalarini ular uchirilgan joyga tantanali tarzda olib borgan.
So‘nggi yillarda 747 modelidan foydalanish ko‘plab aviakompaniyalar uchun xarajatli bo‘lib qoldi, chunki to‘rt dvigatelli avialaynerning yonilg‘i sarfi ancha yuqori. Boeing, shuningdek, so‘nggi yillarda COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan yo‘lovchilar oqimining pasayishi bilan hisoblashish kerakligini ta’kidladi. Amerika kompaniyasi, xuddi Airbus’dagi yevropalik raqobatchilari singari, gigantlarni almashtiradigan ikki dvigatelli laynerlarning yanada ixcham va tejamkor modellarini ishlab chiqdi.
Mavzuga oid
12:36 / 20.04.2024
Afsonaviy Boeing 747 – dunyodagi birinchi keng fyuzelyajli samolyot tarixi
12:12 / 17.07.2023
«Dengizlar ramzi» ulkan layneri sayohatga tayyor. U nimasi bilan hayratlanarli?
18:23 / 26.04.2023
Imomali Rahmon yangi layner sohibi bo‘ldi. Navbat Qirg‘izistongami?
13:23 / 25.08.2022