Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Serbiya va Turkiya bilan hamkorlikda ilmiy markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hukumat qarori bilan 2023–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish milliy dasturi tasdiqlandi.
Milliy dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifat ko‘rsatkichlari jahon andozalari talablariga mos bo‘lgan, yuqori hosildor navlarini yaratishda xorijiy tajribalar almashish hamda mahalliy navlar va F1 duragaylarini yaratish hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
- O‘zbekiston – Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazi;
- O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi.
Xorijiy va mahalliy genofonddan samarali foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining nav hamda duragaylarini yaratish tizimini yanada takomillashtirish va ushbu sohaga ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish urug‘chilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Shuningdek, mahalliy sharoitlarga mos, serhosil pista navlarini yaratish, ularning kolleksiyasini tashkil qilish pistachilik ilmiy markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
19:02 / 22.05.2025