Shveytsariya o‘zining betarafligi formatini o‘zgartirishi mumkin
Shveytsariya hukumatiga uchinchi davlatlarga Shveytsariyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni Ukrainaga jo‘natish, shuningdek, Shveytsariya armiyasining Leopard tanklarini Polsha va Chexiyaga sotishga ruxsat berish taklif qilinmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Ukrainadagi urush Shveytsariyani betaraflik formatini o‘zgartirishga undashi mumkin, deb xabar beradi Bloomberg 2 fevral, payshanba kuni. Mamlakat parlamentiga Germaniya, Ispaniya va Daniyaga Ukrainaga Shveytsariyada ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarni yetkazib berishga ruxsat beruvchi qonun loyihasi taqdim etildi. Bundan tashqari, qonun loyihasida mamlakat rasmiylariga Polsha, Slovakiya va Chexiyaga Shveytsariya armiyasi ixtiyoridagi Leopard tanklarini Kiyevga topshirishni rejalashtirayotgan tanklarni almashtirish uchun sotishga ruxsat berish taklif etiladi.
Bloomberg bilan suhbatda, qonun loyihasini parlamentga taqdim etgan Erkin Demokratik partiya a’zosi Mayya Riniker shunday tushuntirdi: «Biz Shveytsariyaning betarafligidan voz kecha olmaymiz, ammo Shveytsariyadagi kabi bir xil demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlar uchun qanday imkoniyatlarimiz borligini muhokama qilishimiz kerak».
Bir yil muqaddam, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan oldin, Shveytsariyada bunday munozaralarni tasavvur qilib bo‘lmas edi, deya ta’kidlaydi agentlik. Shveytsariya na Birinchi, na Ikkinchi jahon urushida davlatlarning hech biriga qurol yetkazib bermagan.
Shveytsariya armiyasi 96 ta Leopard tankiga egalik qiladi, biroq ular ishlatilmayapti va o‘n yildan beri saqlanyapti, ularni foydalanishdan chiqarish rejalashtirmoqda. Tanklarni sotish uchun Shveytsariya parlamenti shunga ko‘ra qaror qabul qilishi kerak. Shveytsariya Mudofaa vazirligi Bloomberg'ga ma’lum qilishicha, hozircha na Yevropa davlatlari, na harbiy texnika ishlab chiqaruvchi Germaniyaning Rheinmetall konserni tanklarni sotib olish bo‘yicha so‘rov yubormagan.
Mayya Riniker foydalanishdan chiqarilgan tanklarni Sharqiy Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ramziy narxga sotishni taklif qildi: har bir texnika uchun bir Shveytsariya franki. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta parlamentdagi muhokamada bu fikr rad etilgan. Shu bilan birga, erkin demokratlardan tashqari Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga qurol sotish taklifini markazchi Yashil liberallar partiyasi va markazchi o‘ng markaz partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda hamda bu tanklarni bozor narxida sotish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Shu bilan birga, parlamentda vakili bo‘lgan eng yirik konservativ Shveytsariya Xalq partiyasi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmayapti, dedi agentlikka uning deputati Tomas Eski.
Oxirgi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining 55 foizi Shveytsariya boshqa davlatlarga Shveytsariyada ishlab chiqarilgan qurol va o‘q-dorilarni Ukrainaga o‘tkazishga ruxsat berishini yoqlagan. Shveytsariyaliklarning 40 foizi bunga qarshi.
Mavzuga oid
18:15 / 28.10.2024
O‘zbekistonning Shveytsariyadagi yangi tayinlangan elchisi ish boshladi
18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?
14:50 / 25.09.2024
Shveytsariya parlamenti Golodomorni genotsid deb tan oldi
23:10 / 22.09.2024