Jahon | 18:40 / 04.02.2023
30829
1 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi marta 50 ming yil oldin uchib o‘tgan noyob yashil kometa videosi paydo bo‘ldi

Internetda C/2022 E3 (ZTF) nomli noyob yashil kometaning Yer osmonidan o‘tayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.

Foto: AP

Kometa 50 ming yil ichida birinchi marta sayyoramizga yaqinlashdi. Kometa 2023 yil 1 fevralda Yerga eng yaqin masofada uchib o‘tib, yorqin ko‘rinishga kelgan edi. Buni sayyoramizning shimoliy yarimsharida ko‘rish mumkin edi. Kometani 7-15 fevral kunlari tungi vaqtda yana kuzatish imkoniyati bor.

C/2022 E3 (ZTF) kometasi 2022 yil 2 martda Kaliforniyadagi (AQSh) Palomar observatoriyasi tomonidan kashf etildi. Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, bu kometa har 50 ming yilda Quyosh atrofida to‘liq aylanib chiqadi. Demak, uni Yerdan oxirgi marta yuqori paleolit davrida kuzatish mumkin bo‘lgan. Shu vaqtda odamlar endigina Osiyo va Yevropada joylasha boshlagan edi.

Mavzuga oid