Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya havo yo‘li orqali keluvchilar uchun ziyorat tranzit vizasini elektron tarzda taqdim etishni boshladi
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi ushbu mamlakatga havo yo‘li orqali keluvchilar uchun ziyorat tranzit vizasini elektron tarzda taqdim etish boshlanganini ma’lum qildi.
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy “Dunyo”ga bergan intervyusida ushbu raqamli vizani bepul tarzda aviachipta bilan birga berish tartibi joriy qilinganini ta’kidladi. Bunday turdagi vizaning amal qilish muddati 3 oy bo‘lib, u Saudiya Arabistonida 4 kun yashash huquqini beradi.
Viza sohiblari podshohlik bo‘ylab harakatlanishi, mamlakatning diqqatga sazovor maskanlari, muqaddas qadamjolarida bo‘lishi, sayyohlik sohasiga doir tadbirlarda ishtirok etishi mumkin. Ular Umra amallarini bajarib, Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) masjidini ziyorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Diplomatiya missiyasi rahbari ushbu elektron vizani olish jarayoni murakkab emasligi, uni bir necha daqiqada rasmiylashtirish mumkinligini qayd etdi.
Mazkur vizani Saudiya Arabistonining Saudia Airlines va Flynas aviakompaniyalarining elektron portallari orqali aviachiptalar xarid qilish jarayonida viza talabnomasini elektron shaklda yuborib, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligiga tegishli yagona platforma orqali olish mumkin. Viza ziyoratchining elektron pochtasiga yuboriladi.
Mavzuga oid
10:50 / 22.08.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Saudiyaga eksporti ko‘paytiriladi
14:38 / 25.05.2024
Orolbo‘yida joylashgan aholi punktlariga Saudiya Arabistoni yordami jalb etiladi
18:37 / 28.02.2024
Saudiya Arabistoni Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun jazoni kuchaytirdi
12:10 / 27.01.2024