«Titanik» filmidagi Jyekning tirik qolish imkoniyati bo‘lgani aytildi
Film rejissyori Jyeyms Kemeron Jyekning tirik qolishi uchun bir imkoniyati bo‘lganini tan oldi.
Mashhur «Titanik» filmining rejissyori Jyeyms Kemeron juda ko‘plab tomoshabinlarning bahs-munozaralaridan so‘ng, bosh qahramonlar Rouz va Jyekning ikkalasi ham tirik qolishi mumkinligini tekshirish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Film muxlislari Jyek dengizdagi eshik bo‘lagi ustida bo‘lgan Rouz yoniga chiqib olganida, tirik qolgan bo‘lishini ta’kidlab, rejissyorga ko‘plab e’tirozlarni bildirishgan edi.
2022 yil dekabr oyida Jyeyms Kemeron to‘liq ilmiy tadqiqot o‘tkazganini va Rouz bilan Jyekda birga tirik qolish imkoniyati bo‘lmaganini aniqlaganini aytdi.
Izlanishlar davomida rejissyor Jyek va Rouzga o‘xshash gavdaga ega bo‘lgan kaskadyorlar yordamida ikkala qahramon haqiqatdan ham eshikka sig‘masligini isbotladi – u ikkalasining vazniga dosh berolmay, suvga g‘arq bo‘lar edi.
Biroq, rejissyor bu so‘zlari bilan mug‘ombirlik qilgani ma’lum bo‘ldi. Aslida, Jyekda tirik qolish uchun bir imkoniyat bo‘lgan. National Geographic kanali bu haqda maxsus ko‘rsatuv ishlagan va unda Jyekning tirik qolish yo‘li namoyish etiladi.
Qayd qilinishicha, agar Rouz o‘zining qutqaruv nimchasini Jyekka berganida, u qayiqlar yetib kelguncha bir necha soat davomida suv yuzasida jon saqlashi mumkin edi. Hatto muzdek suv sharoitida ham. Buni sinab ko‘rish uchun Kemeron kaskadyorlar ishtirokida sinov o‘tkazgan. Uning natijalari Jyekda imkoniyat bo‘lganini ko‘rsatgan.
«Qutqaruvchi qayiq yetib kelguniga qadar u chiday olardi. Jyek omon qolishi mumkin edi, lekin ba’zi istiholalar bor. Menimcha, Jyek nimchani olmagan bo‘lardi. «Men Rouzni xavf ostiga qo‘yadigan hech narsa qilmayman», degan bo‘lardi u. Bu uning xarakteriga 100 foiz mos keladi», dedi Kemeron.
Oddiy qilib aytganda, agar Jyek Douson o‘zining qutqaruv nimchasiga ega bo‘lganida, «Titanik» filmining yakuni unchalik qayg‘uli bo‘lmasdi.
«Titanik: 25 yildan keyin Jyeyms Kemeron bilan» nomli ushbu maxsus film 5 fevral kuni National Geographic kanalida namoyish etiladi.
Mavzuga oid
00:43 / 13.09.2024
Alyaskada kruiz kemasi ulkan muz bo‘lagi bilan to‘qnashib ketdi
21:20 / 16.03.2024
Afsonaviy «Titanik» kemasining aniq nusxasi quriladi
11:01 / 26.01.2024
O‘zbekiston National Geographic Traveler Readers’ Awards mukofotiga da’vogarlik qilyapti
18:24 / 11.10.2023