Po‘lat Shamshetovning o‘limi sababini aniqlash uchun tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasi ma’lum qilindi
Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Po‘lat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Foto: Oliy sud axborot xizmati
4 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan Po‘lat Shamshetov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sobiq xodimi) vafot etdi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshlig‘i, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
Mazkur ko‘zdan kechirish jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki ta’minlangani aytiladi.
Qayd etilishicha, o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Po‘lat Shamshetov 45 yoshda edi. U o‘tgan yilning iyul oyida Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealardan keyin hibsda saqlanayotgan edi.
Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

17:49 / 09.01.2025