Jahon | 10:53 / 06.02.2023
4830
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Rossiya bilan chegarada elektron panjara qurishni boshlaydi

Polsha hukumati mart oyida Kaliningrad viloyati bilan chegarada kameralar va datchiklarga ega elektron panjara qurishni rejalashtirmoqda.

Foto: rte

Polsha mart oyida Kaliningrad viloyati bilan chegarada elektron panjara qurishni boshlaydi, deb xabar qildi Polsha chegara xizmati 5 fevral, yakshanba kuni.

TELBUD bilan umumiy qiymati 373 million zlotiy (79 million yevro)dan ortiq bo‘lgan shartnoma o‘tgan yilning dekabr oyi boshida imzolangan edi. Departament matbuot kotibi Anna Mixalskayaning so‘zlariga ko‘ra, pudratchi loyihani tayyorlash jarayonida, so‘ng u chegara xizmatiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Devorning uzunligi 199 kilometrni tashkil qiladi.

Panjara datchiklar va kameralar tizimi bilan jihozlanadi, bu esa ob-havo sharoitidan qat’iy nazar va to‘g‘ridan to‘g‘ri chegara chizig‘ida bo‘lmasdan turib, vaziyatni kecha-yu kunduz kuzatish imkonini beradi, dedi u. Ogohlantirish tizimining algoritmlari chegara xizmati tomonidan hayvonlar emas, balki odamlar tomonidan chegarani kesib o‘tishga urinishlarga javob beradigan tarzda sozlanadi.

Idora Rossiya bilan chegaradagi vaziyatni tinch va barqaror deb atadi. 2022 yilda Kaliningrad viloyatidan Polshaga chegarani noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha 11 ta holat qayd etildi, dedi Varmian-Mazuri chegara boshqarmasi matbuot kotibi Miroslav Aleksandrovich. Bundan tashqari, chegara chizig‘iga kirib borish holatlari qayd etilgan. Ular qo‘ziqorin teruvchilar va chegara posti fonida suratga tushmoqchi bo‘lgan sayyohlar edi.

Noyabr oyida Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak Kaliningrad viloyati bilan chegarada vaqtincha tikanli sim to‘siq qurilishi boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid