Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi jarohat oldi
Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFYda joylashgan xonadonda gaz portladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Bugun, 7 fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.
Chaqnash oqibatida 4 nafar fuqaro tan jarohatini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari chiqishgan.
Mavzuga oid
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
18:58 / 18.04.2025