Jahon | 17:17 / 08.02.2023
4123
2 daqiqa o‘qiladi

London Putinga yaqin bo‘lgan shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga qarshi urush uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi. 

Tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverlining so‘zlariga ko‘ra, jazo choralari «Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiylari tayanadigan shaxslar va tashkilotlarga qaratilgan bo‘lib, Rossiyaga iqtisodiy bosimni tezlashtirish, uning harbiy mashinasiga putur yetkazish va Ukrainaning g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun mo‘ljallangan». 

Gap harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi oltita kompaniya, bitta tashkilot va Rossiya Federatsiyasining sakkiz fuqarosi haqida bormoqda.

Xususan, Putinning do‘sti va kursdoshi, rossiyalik biznesmen Nikolay Yegorov, Putin rejimining moliyaviy bazasini yaratishda ishtirok etgan deb hisoblanadigan «Ozero» kooperativi asoschilaridan biri Viktor Myachin sanksiyalar ostida qoladi.

Bundan tashyari, «Abrau-Dyurso» kompaniyalar guruhiga egalik qiluvchi biznes-ombudsman Boris Titov, Regnum axborot agentligi bosh muharriri Sergey Rudnov va mustaqil matbuotda Rossiya prezidentiga yaqin bo‘lgan «Rossiya» bankining minoritar aksiyadori Svetlana Krivonogixga jazo choralari joriy etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid