Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy bugun Londonga boradi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8 fevral kuni Londonga tashrif buyuradi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati ma’lum qildi.
U Buyuk Britaniyada tayyorgarlikdan o‘tayotgan ukrainalik harbiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgan, deya xabar berdi AP agentligi Dauning-stritga tayanib.
Shuningdek, Britaniya ommaviy axborot vositalarida Volodimir Zelenskiyning Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Ben Uolles bilan uchrashishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Prezident, shuningdek, Britaniya mudofaa va xavfsizlik rasmiylari bilan uchrashib, ukrainalik jangchilarni tayyorlash kengaytirilgan dasturi tafsilotlarini muhokama qiladi.
Bundan tashqari, bosh vazir Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning Ukrainani uzoq masofali qurollar bilan ta’minlashga tayyorligini ma’lum qilishi mumkin.
Zelenskiy Britaniya parlamentida ham nutq so‘zlashi kutilyapti. Bu haqda jurnalist Patrik Vintur Twitter’da ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Zelenskiy nutqidan so‘ng London Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qiladi.
«Yevropa kengashi sammiti oldidan Volodimir Zelenskiy Britaniya parlamentiga murojaat qiladi, keyin Britaniya sanksiyalarni e’lon qiladi, jumladan, Kremlning urush mashinasidan foyda olayotgan kompaniyalarga qarshi sanksiyalar nazarda tutilgan», deb yozdi u.
Shu bilan birga, Dauning-strit Ukraina harbiylarini tayyorlash dasturini kengaytirish rejalari haqida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
21:50 / 23.04.2025