Toshkentda tezlikni 60 km/soatdan oshirganlarni jarimaga tortish boshlandi
Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda tezlik cheklovi 60 km/soat etib belgilanganini anglatuvchi yo‘l belgilari o‘rnatilib, ko‘chalardagi radar va kameralar ham shunga moslashtirilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangandi. Jumladan, Toshkentdagi Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrga kamaytirilgandi.
IIV mulozimi Azizxon Murodov avtomobillar 60 kilometr soat tezlikda harakatlanishi belgilangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilgach, tegishli belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatilishi, taqiqlovchi belgilar o‘rnatilmaguncha jarima yozilmasligini ma’lum qilgandi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda tezlik cheklovi 60 km/soat etib belgilanganini anglatuvchi yo‘l belgilari o‘rnatilib, ko‘chalardagi radar va kameralar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka, ya’ni 60 kilometr soat tezlikka moslashtirilayotganini ma’lum qildi.
Bundan anglashiladiki, harakatlanish tezligi 60 km/soat etib belgilangan poytaxt ko‘chalarida +5 qoidasi inobatga olinib, hisoblanganda 66 km/soat va undan yuqori tezlikda harakatlanganlarning qoidabuzarligi maxsus moslamalar orqali qayd qilina boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 iyundan boshlab, nafaqat shaharlar va ulardagi markaziy ko‘chalar, balki umuman aholi yashaydigan har qanday joyda transport vositalarining harakatlanish tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirilishi kutilmoqda. Bu – davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024