Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus chegarachilari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi
9 fevral kuni chegarachilar Belarus-Litva chegarasidan 300 metr masofada erkak kishini qo‘lga oldi. U Voronovskiy tumani Kuji qishlog‘i yaqinida Belarus davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.
Davlat chegara qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, harbiylar jinoyatni sodir etgan shaxs Germaniyada yashovchi 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekanligini aniqlagan.
Qo‘lga olingan shaxs chegarani noqonuniy kesib o‘tib, yaqinlari bilan uchrashish maqsadida O‘zbekistonga borishni rejalashtirgan.
Chegarachilar qo‘lga olingan erkakning shaxsini aniqlash jarayonida ushbu shaxs noqonuniy migratsiyani tashkil qilgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lganini aniqladi.
Chegarani buzgan shaxs chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun jarimaga tortildi, u ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:55 / 06.05.2025