Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya mavsumiy migrantlar uchun kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etadi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Buyuk Britaniyaning Pro-Force rekruting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik natijasida 24 kishidan iborat o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Britaniyadagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan fermalarda mavsumiy ishlash uchun yetib keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Mazkur loyiha doirasida 2023 yil mobaynida O‘zbekistondan 1,5 ming nafar ishchi kuchini jalb etish ko‘zda tutilgan. 2022 yilda 2 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik ushbu mamlakatda mavsumiy ishlarga jalb etilgan.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 40 mingdan ortiq kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etish hamda mamlakat mehnat migratsiyasi imkoniyatlaridan foydalanishdir.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
23:26 / 19.05.2025