Fransiya O‘zbekistonda yangi fotoelektr stansiyalari qurish imkoniyatini o‘rganyapti
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Fransiyaning Total Eren kompaniyasi vitse-prezidenti Antuan Garret bilan uchrashdi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish natijalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejalariga e’tibor qaratildi.
Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar samaradorligi misoli sifatida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 2022 yil aprel oyida 100 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi muvaffaqiyatli ishga tushirilgani haqida so‘z bordi. Total Eren kompaniyasining yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishga niyati borligi bildirildi. Tomonlar mamlakatda bo‘lgan yangi fotoelektr stansiyalarini qurish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Total Eren qayta tiklanadigan energiya manbalariga asoslangan elektr stansiyalarini qurish, loyihalash, moliyalashtirish va ulardan foydalanishga ixtisoslashgan. Korxona dunyoning 22 ta davlatida faoliyat yuritadi. Total Eren tomonidan ishga tushirilgan jami obektlar va loyihalashtirilayotgan energiya ishlab chiqarish korxonalarining umumiy quvvati 4 GVtdan oshadi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

11:30 / 16.04.2025
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti

17:49 / 15.04.2025
Fransiyada bir vaqtning o‘zida bir nechta qamoqxonaga hujum uyushtirildi

08:30 / 07.04.2025