Jahon | 07:51 / 13.02.2023
5120
1 daqiqa o‘qiladi

NATO saytlari hakerlik hujumiga uchradi

NATOning onlayn resurslari hakerlik hujumiga uchradi. Shimoliy Atlantika alyansi vakili dpa'ga kibermutaxassislar ko‘plab saytlarga ta’sir ko‘rsatgan hodisani faol ravishda tekshirayotganini tasdiqladi. 

Foto: newsunrolled

Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq Twitter'da rossiyaparast kiberjinoyatchilar NATO maxsus operatsiyalar kuchlari shtabi (NSHQ) saytiga hujum qilgani, shundan so‘ng u birmuncha vaqt ishlamay qolgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan. 

Hujumda, xususan, «Rossiyaning Killnet hakerlar guruhi» ayblandi, deya xabar beradi dpa. U Germaniyadagi Bundestag, politsiya va muhim infratuzilmaning veb-saytlariga kiberhujumlar bilan bog‘liq. 

Alyans doimiy ravishda hakerlik tahdidlariga duch kelishi va kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash masalasiga jiddiy yondashishini ta’kidladi. 

Rossiyaparast hakerlar 2022 yil may oyida Germaniya hukumati veb-saytlariga bir qator DDoS hujumlarni amalga oshirdi. 

Xususan, Mudofaa vazirligi, Bundestag, federal politsiya va bir qator federal yerlarning politsiya xizmatlari portallari hujumga uchragan. Bundan tashqari, kansler Olaf Sholsning sayti vaqtincha ishlamagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid