Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zilzila eng ko‘p sodir bo‘ladigan davlatlar sanab o‘tildi
Ular orasida O‘zbekiston yo‘q.
AQSh Geologiya xizmati (USGS) zilzila eng ko‘p sodir bo‘ladigan davlatlarni sanab chiqdi.
Qayd qilinishicha, eng ko‘p zilzila Yaponiyada sodir bo‘ladi. Bu mamlakat juda faol seysmik hududda joylashgan va u dunyodagi eng zich seysmik tarmoqqa ega. Shu tufayli, Yaponiyada ko‘plab zilzilalar qayd etiladi.
Bundan tashqari, Indoneziya ham juda faol seysmik zonada, lekin Yaponiyadan kattaroq bo‘lgani sababli, unda zilzilalar soni ko‘proq.
Shuningdek, Tonga, Fiji va Indoneziyada yer maydoniga to‘g‘ri keladigan zilzilalar soni juda ko‘p qayd etiladi. Ularning barchasi juda faol seysmik hududlarda joylashgan. Bu mamlakatlarda seysmik asboblar kamligi tufayli, barcha zilzilani qayd etish imkonsiz.
Xitoy va Eron ham seysmik faol hududlarda joylashgan bo‘lib, zilzilalar bo‘yicha juda uzoq tarixiy qaydlarga ega. Ushbu mamlakatlarda ko‘plab qurbonlarni o‘z ichiga olgan halokatli zilzilalar bo‘lgan. Ularning safiga Turkiyani ham qo‘shish mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025