Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda universitetdagi otishmada uch kishi halok bo‘ldi
Hujum qilgan shaxs Michigan universiteti kampusida o‘t ochdi. Besh yaralangan kishining hayoti xavfi ostida.
14 fevral, seshanba kuni AQShda Michigan universitetida yuz bergan otishma natijasida uch kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi yaralandi. Hujum qilgan shaxs mahalliy vaqt bilan soat 20:00 lar atrofida universitet kampusida o‘t ochgan. Keyin u yaqin atrofdagi binoga o‘tdi va u yerda otishmani davom ettirdi.
«Uch kishining o‘limi tasdiqlandi. Bundan tashqari, besh kishi jarohat oldi, ular kasalxonaga yotqizildi. Jabrlanganlarning ba’zilari hayotlari uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar oldi», - dedi huquq-tartibot idorasi vakili. Politsiya gumonlanuvchi sifatida qizil tufli, jinsi kurtka va beysbol qalpoq kiygan bo‘yi past qora tanli erkakning suratini e’lon qildi.
Voqea joyiga tezda yuzlab politsiyachilar yetib keldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgan. «Gumonlanuvchi kampus tashqarisida topilgan. Ko‘rinishidan, u o‘ziga yetkazgan jarohatlari tufayli vafot etgan. Talabalar shaharchasiga boshqa tahdid yo‘q», - deya ma’lum qildi o‘quv muassasasi politsiyasi Twitter sahifasida.
Universitet ma’muriyati qarori bilan yaqin 48 soat davomida kampusdagi barcha tadbirlar bekor qilindi.
AQShda maktablar va universitetlarda otishmalar tez-tez sodir bo‘ladi, bu mamlakatdagi qurolga oid juda liberal qonunlar fonida qurolli zo‘ravonlikning kengroq kontekstiga mos keladi, deb ta’kidlaydi AFP.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025