Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
15 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:52 da Toshkent — Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasi samolyoti Farg‘ona xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
An’anaga ko‘ra, bortida 86 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Shuningdek, aviakompaniya Toshkent — Urganch — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi reysi ham rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda charter reyslar 2023 yil 17 fevraldan haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Centrum Air — O‘zbekistonning «loukoster» aviakompaniyasi bo‘lib, u 2023 yil yanvar oyida yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Bugungi kunda aviatashuvchi parkida ikkita Airbus A320 samolyoti mavjud. Yaqin kelajakda aviatashuvchi yana bir yo‘lovchi borti — Boeing 737’ni sotib olishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
11:59 / 05.11.2024
O‘zbekistonlik olimlar Farg‘ona vodiysidan yangi baliq turini topdi
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
19:32 / 30.10.2024