Farg‘ona vodiysida metan-gaz quyish shoxobchalari faoliyati tiklanishi mumkin
Quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish uchun gaz to‘ldirish shoxobchalari qisqa vaqt reja-grafik asosida faoliyat yuritadi.
Hafta oxiriga borib Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi (Andijon, Namangan va Farg‘ona) gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimining ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shu bois, mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) gaz bosimining ko‘tarilishiga qarab, ularning faoliyati bosqichma-bosqich tiklanishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, gaz bosimi pasaygan kunlarda birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash zarurligi sababli AGTKSh faoliyatiga majburiy cheklovlar kiritilgan edi.
Qayd etilishicha, quvurlarda gaz bosimini bir me’yorga keltirish va ushbu me’yorni saqlab turish uchun gaz to‘ldirish shoxobchalari qisqa vaqt oralig‘ida reja-grafik asosida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid
10:50 / 29.10.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
17:56 / 23.10.2024
Atmosferadagi metan chiqindilari: ular aslida qayerdan kelib chiqadi?
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:55 / 23.08.2024