Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Svet» va gaz bo‘yicha talon-toroj qilish holatlari o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilanadi
O‘zenergoinspeksiyaning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati belgilanmoqda.
Prezident «Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Bosh prokuratura Oliy sud, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritadi:
- elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-toroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilash;
- «O‘zenergoinspeksiya»ning elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (mansabdor shaxslarga nisbatan) vakolatini belgilash;
- «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma va taqdimnomalarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash.
Mavzuga oid
16:39 / 11.02.2025
«O‘zenergoinspeksiya»ga sutkaning istalgan vaqtida tekshiruv o‘tkazish vakolati berildi
21:38 / 26.12.2024
2024 yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
18:59 / 23.08.2024
«O‘zenergoinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
10:46 / 09.07.2024