Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilgacha umumiy quvvati 4633 MVt bo‘lgan 3 ta IES ishga tushiriladi
Sirdaryo va Surxondaryoda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yirik energetika obektlari quriladi.
Energetika vazirligi 3 yil davomida ishga tushirilishi rejalashtirilgan issiqlik elektr stansiyalari (IES) to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2023 yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumani hududida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2026 yil yakuniga qadar Surxondaryo viloyatining Angor tumanida Germaniyaning «Siemens Energy», Fransiyaning «EDF», Niderlandiyaning «Stone City Energy» kompaniyalari tomonidan quvvati 1560 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2026 yilda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida «EDF» (Fransiya), «Nebras» (Qatar), «Sojitz Corporation» (Yaponiya) va «Kyuden International Corporation» (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan quvvati 1573 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi 4 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar asosida jami quvvati 6007 MVt bo‘lgan 9 ta issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan bitimlar imzolangan. Ushbu loyihalar doirasida 2022 yilda umumiy quvvati 1 374 MVt bo‘lgan 6 ta IES ishga tushirildi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025