Estoniya «O‘lmas polk» koordinatorini Rossiyaga chiqarib yubordi
Sergey Chaulin «yillar davomida antifashistik harakat shiori ostida milliy va siyosiy nafratni kuchaytirib kelgan», deya ma’lum qildi Estoniya xavfsizlik politsiyasi.
Estoniya hukumati Kreml siyosatini faol qo‘llab-quvvatlagan «O‘lmas polk» aksiyasi koordinatori Sergey Chaulinning ushbu mamlakatda yashash ruxsatnomasini bekor qildi. Estoniyaning ERR.ee internet nashri 15 fevral, chorshanba kuni xabar berganidek, Chaulin 14 fevral kuni kechqurun Estoniyani tark etgan. Keyinchalik uning o‘zi jurnalistlarga Rossiyaga yetib kelganini aytdi.
Qayd etilishicha, «fuqaroligi aniqlanmagan shaxs» - Sergey Chaulinning Estoniyada yashash uchun ruxsatnomasi xavfsizlik politsiyasi tashabbusi bilan haqiqiy emas deb topilgan. Politsiya va chegara qo‘riqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qonun xorijlik shaxs jamoat tartibi va milliy xavfsizlikka tahdid soladigan bo‘lsa, bunday chora qo‘llashga ruxsat beradi.
«Sergey Chaulin uzoq vaqt davomida Rossiyaning dushmanlik tashviqotini faol ravishda olib bordi. U yillar davomida antifashistik harakat bayrog‘i ostida milliy va siyosiy nafratni qo‘zg‘atdi», - deya hujjatdan iqtibos keltiradi ERR.ee. «Rossiyaning Ukrainaga qarshi o‘tgan yilning 24 fevralida qayta boshlangan asossiz tajovuzkorligi bunday faoliyat xavfini tushuntiradi», — deyiladi press-relizda.
Xavfsizlik politsiyasi vakili Sergey Chaulin «Estoniya Respublikasidan Rossiyaga o‘z ixtiyori bilan chiqib ketganini» aytdi. Ayni paytda, Chaulinning o‘zi politsiyaga «O‘lmas polk» portretlarini berishmoqchi bo‘lgani bahonasida taklif qilinganini, shundan so‘ng «unga 30 sahifalik ayblov qo‘yilgani, telefoni, hujjatlarini olib qo‘yishgani va chiqarib yuborishganini» aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
17:31 / 15.11.2024
Estoniyada aholi orasida pul yetishmasligi tufayli jinoyatchilik ko‘paygani e’lon qilindi
17:28 / 13.11.2024
Estoniya Rossiya bilan chegarada «dronlardan himoya devori»ni quradi
21:41 / 08.11.2024
Kiyevga hujum vaqtida Rossiya droni Estoniya elchisi yashaydigan uyga kelib urildi
23:37 / 17.10.2024