Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyoda tovar kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatning elektron almashuvi joriy etiladi
15-16 fevral kunlari Toshkent shahrida Ready4Trade Markaziy Osiyo loyihasi doirasida tashkil etilgan tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarning elektron almashuvi bo‘yicha mintaqaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ready4Trade Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan va Xalqaro savdo markazi tomonidan turli mamlakatlardagi sheriklar bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilayotgan to‘rt yillik loyiha. Loyiha mintaqa mamlakatlarida xalqaro savdoni rag‘batlantirish orqali Markaziy Osiyoning umumiy barqaror va inklyuziv iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shishga qaratilgan. Loyihaning benefitsiarlari hukumatlar, kichik va o‘rta korxonalar, xususan, ayollar tomonidan boshqarilayotgan korxonalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlardir.
Tadbirda savdo operatsiyalarini raqamlashtirish va qog‘ozsiz savdo tartibini joriy etish muhimligi qayd etildi. Bu, o‘z navbatida, tashqi savdo tartibotlaridan o‘tishni tezlashtirishga va chegaradan o‘tishni osonlashtirishga hamda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Tadbir doirasida Xalqaro savdo palatasi ekspertlari Markaziy Osiyo davlatlari doirasida elektron sertifikatlashtirish tizimlarini o‘zaro qo‘llash tartibini joriy etish tashabbusi transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish va mintaqaviy darajadagi raqamli savdo ekotizimining yaratishga ko‘maklashishga qaratilganini ham ta’kidladi.
Tovar kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatlarning elektron almashuvini joriy etishdan maqsad chegaralarda kelib chiqish sertifikatlarini so‘rash, qayta ishlash, topshirish va qabul qilish samaradorligini oshirishdan iborat bo‘lib, bu korxonalar tomonidan chegaradan o‘tish jarayoni va eksport tartib-qoidalariga rioya qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtni qisqartiradi va ushbu jarayonlarning xavfsizligini oshiradi.
Bundan tashqari, tizim mazkur hujjatlarni chiqaruvchi organlar va hududiy bojxona ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
21:41 / 25.04.2025