Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 20 nafar imom Misrning «Al-Azhar» universitetiga yuboriladi
Qohiraning nufuzli o‘quv dargohida 2600 nafar o‘zbekistonlik talaba ham ta’lim olmoqda.
Misrning «Al-Azhar ash-Sharif» universiteti rahbari o‘rinbosari doktor Muhammad Ad-Duvayniy 19 fevral kuni Qohirada O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Al-Balad xabar berdi.
Uchrashuvda Islom olamining nufuzli o‘quv dargohi bilan ilmiy hamkorlikni faollashtirish yo‘llari muhokama qilindi.
Shayx Ad-Duvayniyning ta’kidlashicha, O‘zbekiston o‘zining nufuzli ulamolari va shayxlari bilan musulmonlar qalbi uchun aziz mamlakat hisoblanadi, «Al-Azhar» esa O‘zbekiston bilan ilmiy, targ‘ibot va madaniy aloqalari bilan faxrlanadi.
Qayd qilinishicha, «Al-Azhar»da o‘zbekistonlik 2600 nafar talaba ta’lim olmoqda. Bungacha «Al-Azhar» xalqaro akademiyasi imomlar, voizlar va fatvo tadqiqotchilari tayyorlash uchun o‘zbekistonlik imomlar ham o‘qishga qabul qilingan va bu borada hamkorlikni davom ettirishga tayyor.
O‘z navbatida, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari «Al-Azhar»da ta’lim olgan olimlarga ehtiyoj borligini ma’lum qilib, 20 nafar imom ro‘yxati tayyorlab qo‘yilganini, ular «Al-Azhar»ga yuborilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
14:10 / 14.05.2025