Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus deputatlari davlatga xiyonat qilgan amaldorlarni qatl etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Yangi qonun Belarusda «davlatga qarshi» jinoyatlar uchun jazolar va ularda gumon qilinganlarni hibsda saqlash muddatlarini belgilaydi.
Belarus Milliy majlisi (Belarus parlamenti quyi palatasi) Vakillar palatasi deputatlari mansabdor shaxslarga davlatga xiyonat qilganlik uchun o‘lim jazosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi, yakuniy o‘qishda ma’qulladi. Hujjat shuningdek, «davlatga qarshi» jinoyatlar uchun 500 dan 50 000 bazaviy birlikkacha (bir bazaviy birlik 37 Belarus rubliga yoki Belarus Milliy bankining amaldagi kursi bo‘yicha 980 Rossiya rubliga teng) jarimalarni belgilaydi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida ayg‘oqchilik va davlatga xiyonat kabi bir qator «davlatga qarshi jinoyatlar» bo‘yicha gumonlanuvchilarni hibsda saqlash muddatini 10 sutkagacha, ayblov e’lon qilish muddatini esa – hibsga olingan paytdan boshlab 20 sutkagacha oshirish ko‘zda tutilgan. Bu amaldagi qonunchilikda bunday hollarda nazarda tutilgan 72 soatning «yetarli emasligi» bilan izohlanadi. Shuningdek, «Belarus qurolli kuchlari, boshqa qo‘shinlari va harbiy tuzilmalarini obro‘sizlantiradigan yolg‘on ma’lumotni bila turib tarqatish» uchun javobgarlik joriy etiladi.
Endi hujjat Belarus parlamentining yuqori palatasi - Respublika kengashi tomonidan ham tasdiqlanishi kerak. Shundan so‘ng u imzolash uchun mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenkoga yuboriladi.
Belarus parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati qonunchilikdagi o‘zgarishdan maqsad «buzg‘unchi elementlarga to‘sqinlik qilish va ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, davlatga xiyonat qilishga qarshi qat’iy kurashni namoyish etish» ekanligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025