Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirskka askarlarning jasadlari bo‘lgan yuzdan ortiq tobut yetkazildi
Novosibirskning Tolmachevo aeroportiga Ukrainadan rossiyalik harbiylarning jasadlari bo‘lgan yuzdan ortiq tobut olib kelindi, deb yozadi «Sibir.Realii» mahalliy jamoatchilikda e’lon qilingan voqea guvohi videosiga tayanib.
Novosibirskdan olingan kadrlarda alohida xonadagi yog‘och qutilar ko‘rsatilgan, ularning aksariyatiga o‘lim haqidagi guvohnomalar yopishtirilgan.
«Sibir.Realii» jurnalistlari qurbonlardan birining shaxsini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. «Bu xakasiyalik 39 yoshli Sergey Yumashev. Sergeyning sinfdoshlari uning jasadi tug‘ilib o‘sgan Arshanovo qishlog‘iga 25 fevral kuni olib kelinishini aytishgan. U 27 yanvar kuni Baxmut yaqinida vafot etgan», deb yozadi nashr.
Rossiyada safarbarlikning yangi to‘lqini doirasida ommaviy ravishda universitetlarning kunduzgi bo‘limlari talabalarini frontga chaqirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi.
«Shu maqsadda harbiy ro‘yxatga olish va komissarliklarga kunduzgi bo‘lim talabalariga chaqiruv qog‘ozlarini topshirishda yordam beradigan «ogohlantirish punktlari» yaratilmoqda», — deyiladi Ukraina razvedkasining o‘z Telegram-kanalidagi xabarda.
Mavzuga oid
09:26 / 22.05.2025
CNN: Rossiya komandirlari asirga olingan ukrainalik askarlarni o‘ldirishga buyruq beryapti
19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
16:39 / 28.12.2024
Sibirda mushkul ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:31 / 23.12.2024