Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mart oyidan Hindistonga uran eksport qiladi
Bu haqda Hindistonning Atom energiyasi departamenti bilan kelishuvga erishildi.
O‘zbekistonning «Navoiyuran» davlat korxonasi 2023 yil mart oyidan boshlab, uran mahsulotini Hindistonga eksport qiladi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Navoiyuran» Hindistonning Atom energiyasi departamenti (Department of Atomic Energy) bilan shu haqda kelishuvga erishgan. Hind departamenti vakillari korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish va mahsulotni eksportga tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishgan. Xususan, Hindistonga jo‘natiladigan tabiiy uran ham ko‘zdan kechirilib, uni ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy baho berilgan.
«Navoiyuran» ayni paytgacha Yaponiya, Kanada, AQSh, Janubiy Koreya kabi davlatlarga uran eksport qilmoqda. Korxona tomonidan 2023-2026 yillar davomida «Itochu», «Marubeni», «Cameco», «KHNP» kabi jahonning yetakchi kompaniyalariga uran eksport qilish bo‘yicha tegishli shartnomalar imzolangan. 2022 yilda mahsulot eksporti 118,9 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati 2021 yilga nisbatan 110,2 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
19:02 / 22.05.2025