Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Cobalt urib ketgan 33 yoshli ayol vafot etdi
Tezlikni me’yordan oshirgan Cobalt ayolni u piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan paytda urib yuborgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 33 yoshli ayol vafot etgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 11 fevral kuni soat 18:00 larda sodir bo‘lgan.
Tezlikni me’yoridan oshirgan Cobalt piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketgan. Hodisa oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan xabarlarda ma’lum qilinishicha, ayolni mashina urib yuborgan joyda yerosti o‘tish joyi bor. Biroq u juda qarovsiz holga kelib qolgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025