Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Makkadagi «Al-Buroq» muzeyi kolleksiyalari ishtirokida ko‘rgazma tashkil etiladi
O‘zbekiston Bosh konsulxonaci xodimlari Makka shahridagi «Al-Buroq» xususiy muzeyi direktori Muhammad Xamdan Al-Buroq bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muzey rahbari bilan kechgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida madaniy-ma’rifiy sohada, xususan, madaniy meros, muzeylar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. O‘zbekiston muzeylari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muzeyda saqlanayotgan mamlakat tarixiga oid osori-atiqalarni birgalikda tadqiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
So‘ngra xususiy muzeyda saqlanayotgan qadimiy tilla, kumush va oddiy tangalar, qog‘oz pul birliklari ko‘zdan kechirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu muzey eksponatlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladigan ko‘rgazmalarda muntazam namoyish etib kelinmoqda. Bundan tashqari, qo‘shni davlatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Muzeyda Abbosiylar xalifaligining Al-Ma’mun boshqaruvi davrida Samarqand shahrida chiqarilgan kumush tanga ham saqlanmoqda. Shuningdek, Hindistonda Boburiylar davrida zarb etilgan kumush tangalar ham bor. Muzeyda islom davlatlarida muomalaga kiritilgan ilk qog‘oz pullar stendi tashkil etilgan.
Muzey bilan tanishuv yakunida tomonlar O‘zbekistondagi muzeylar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu muzey kolleksiyalari ishtirokida O‘zbekistonda ko‘rgazma tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025