Jamiyat | 18:18 / 24.02.2023
2184
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qozog‘iston «Halyk Bank» shu’ba korxonasi – «Tenge Bank»ning aktivlari yil davomida 1 trillion so‘mdan ortiq yoki 90 million dollarga o‘sdi

Samarqandda jurnalistlar ishtirokida o‘tgan uchrashuvda «Halyk Bank» va «Tenge Bank» rahbariyati moliya muassasasining yangiliklari, rejalari va moliyaviy faoliyati haqida ma’lumot berdi.

«Halyk Bank» boshqaruv raisi Umut Shayaxmetova O‘zbekiston bozori «Halyk group» uchun asosiy bozor va xorijiy investorlar uchun jozibador ekanligini ta’kidladi.

«Bu ko‘rinishdagi yig‘ilishni O‘zbekistonda ikkinchi marta o‘tkazyapmiz. Birinchi uchrashuv ikki yil avval Toshkentda o‘tkazilgan. O‘shanda biz filliallar direktorlari va bosh bank departamenti vakillari bilan kelgandik. Bu safar yillik yig‘ilishimizni Samarqandda o‘tkazishga qaror qildik.

O‘zbekistonni bankimiz rivojlanishi uchun istiqbolli bozor deb bilamiz. Bu yerdagi bankimiz turli sohalarni, xususan, o‘rta va kichik biznesni, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasini moliyalashtirmoqda.

Qozog‘iston Xalq banki mamlakatdagi energiya sektorini faol moliyalashtiradi. Masalan, biz Qozog‘istondagi neft va ko‘mir qazib oluvchi, yashil energetika bilan shug‘ullanuvchi, energostansiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni moliyalashtiramiz. O‘zbekistondagi yirik davlat tashkilotlarini ham bosh bankimiz tomonidan moliyalashtiramiz, chunki bu yerdagi bankimiz unchalik katta emas.

Shunday ekan, bu yo‘nalishdagi korxonalarni moliyalashtirish haqida o‘ylab ko‘rishimiz mumkin. Faqat bu qanday korxona, kapitali qancha ekani va nimaga ixtisoslashgani ekanini o‘rganishimiz kerak. Biz yashil energetika yo‘nalishini ham qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi Umut Shayaxmetova.

«Tenge Bank» «Halyk group»ning xalqaro shu’ba banklaridan biridir. O‘zbekistondan tashqari, Qirg‘iziston va Gruziyada ham shu’ba banklari mavjud. Hozirda guruh nafaqat «Tenge Bank»ning o‘z operatsiyalari, balki o‘zbek kompaniyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish orqali ham O‘zbekistonda biznesni yanada rivojlantirishdan manfaatdor hisoblanadi.

«Tenge Bank» boshqaruvi raisi Talgat Ayupovga ko‘ra, o‘tgan to‘rt yil ichida bank aktivlari 4,358 trillion so‘mga o‘sgan. Umumiy kredit portfeli esa 2,474 trillion so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.

«Biz iqtisodiyotdagi barcha sektor vakillari bilan ishlaymiz. Masalan, savdo, xizmatlar sohasi, qisman qurilish sektori, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishdagi korxonalar bilan ishlab kelyapmiz. Kreditlar investitsion ko‘rinishda ham, aylanma mablag‘lar hisobidan qoplash ko‘rinishida ham beriladi.

23 million dollargacha bo‘lgan mablag‘larni berish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. 500 million so‘mgacha bo‘lgan kichik biznesga mo‘ljallangan dasturimiz ham bor.

Bizda standartlashtirish loyihasi bo‘ladi va arizalarni qabul qilishni yengillashtirish ustida ishlaymiz. Ya’ni, minimal darajada kam hujjat so‘rash tizimini joriy qilingan. Bu mijozlarning qimmatli vaqtini tejaydi», dedi «Tenge Bank» boshqaruvi raisi.

2022 yilda «Tenge Bank» jismoniy shaxslar uchun «Tenge24» mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova yordamida pul o‘tkazmalari, to‘lovlar, omonat ochish, kreditlarni to‘lash kabi xizmatlardan foydalanish mumkin. Kelgusida «Tenge24» ilovasini yangi xizmatlar, jumladan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, bozor va GovTech xizmatlari bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 2022 yil davomida Tenge Business yuridik shaxslar uchun internet-bankingning yangilangan veb-versiyasi ishga tushirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, «Halyk Bank» Qozog‘istondagi eng yirik, ahamiyatga molik banklardan biri bo‘lib, «Halyk group» tarkibiga kiradi. Keng mijozlar bazasi va mavjud tarmoqqa ega Markaziy Osiyodagi yetakchi banklardan biridir. «Halyk group» kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini, shuningdek sug‘urta, lizing, brokerlik va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif etadi.

Qozog‘iston «Halyk Bank»ning shu’ba korxonasi hisoblangan «Tenge Bank» o‘z faoliyatini 2019 yil may oyida boshladi va qisqa vaqt ichida O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rin egalladi. Bu fakt xalqaro ekspertlar tomonidan tasdiqlangan. 2021 yil mart oyida Best Bank Awards 2021: O‘zbekiston nominatsiyasi bo‘yicha yillik tanlov natijalariga ko‘ra, Asiamoney xalqaro moliyaviy nashri ekspertlari «Tenge Bank»ni «O‘zbekistonning eng yaxshi xorijiy banki 2021» nominatsiyasida g‘olib deb topdi. Shuningdek, 2022 yilda ham O‘zbekistondagi eng yaxshi xalqaro bank sifatida e’tirof etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, «Tenge Bank» zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga universal moliyaviy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mavzuga oid