Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh, Germaniya va Polsha qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi mumkin
Vashington Rossiyaning NATOning sharqiy chegarasiga tahdidiga javoban Polshada qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha Berlin va Varshava bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ma’lum qildi.
Pistorius ARD telekanalida so‘zlagan nutqida, boshqa tafsilotlarni aytmagan holda, mashg‘ulotlar masalasi hozirda «ko‘rib chiqilmoqda», dedi.
Ukraina bilan chegaradosh mamlakatdagi harbiy manevrlar NATO ittifoqchilariga, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «juda aniq» signal beradi, dedi u.
«NATO Putin uzoq vaqtdan beri o‘ylagandek kuchsiz bo‘lishdan yiroq», dedi Germaniya mudofaa vaziri. U alyans «o‘tgan, 2022 yil fevralida Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirishidan avvalga qaraganda ancha kuchliroq va birdamroq» bo‘lganini ta’kidladi.
Biroq, «Polsha, Boltiqbo‘yi, Slovakiya va boshqa Sharqiy Yevropa davlatlari uchun ittifoqning Yevropadagi eng muhim a’zosi sifatida Germaniya va transatlantik sherik sifatida AQSh o‘z mudofaa majburiyatlarini bajarayotganini ko‘rish muhim», deb qo‘shimcha qildi Pistorius.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025