Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yuqori shiddatli janglarga tayyorgarlik boshlandi
Fransiya harbiy-dengiz kuchlari, havo va quruqlik qo‘shinlari «Orion-2023» o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, u misli ko‘rilmagan ko‘lamga ega.
Fransiya dengiz, havo va quruqlik kuchlari harbiy xizmatchilarni «yuqori shiddatli jangovar harakatlar»ga tayyorlashga mo‘ljallangan «misli ko‘rilmagan mashqlar» o‘tkazmoqda. Bu haqda 25 fevral, shanba kuni Le Monde gazetasi xabar berdi. Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu ham «Orion-2023» armiyalararo o‘quv mashg‘ulotlari boshlanganini tasdiqladi.
23 fevraldan 11 martgacha 7000 ga yaqin askar - asosan Fransiyadan, shuningdek, Britaniya, Ispaniya va AQShdan - Lion ko‘rfazi qirg‘og‘ida Kastr va Set o‘rtasida dengiz va havodan qo‘nishni mashq qilmoqda.
Manevrlar Fransiyaning 14 departamentini qamrab oladi. Operatsiyada Fransiya harbiy-dengiz kuchlarining «Sharl de Goll» aviatashuvchi kemasi, ikkita amfibiya vertolyot tashuvchisi, 20 dan ortiq kema va suvosti kemalari, shuningdek, 1000 dan ortiq quruqlikdagi transport vositalari ishtirok etmoqda.
Qo‘shma mashg‘ulotlar 2020 yildan beri tayyorlangan, biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Fransiya Bosh shtabi yerdagi potensial sharoitlarni baholash va fransuz kuchlarini yuqori shiddatli mojaroga tayyorlash uchun o‘z qamrovini kengaytirdi, deb yozadi Le Monde.
«Biz hech qachon bunchalik uzoq vaqt davomida bunday kattalikdagi mashqlarni o‘tkazmaganmiz», dedi operatsiyani rejalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan general Iv Metayyer.
Hammasi bo‘lib 20 mingga yaqin odam va katta miqdordagi texnika, jumladan Griffon bronetransportyori, Leclerc tanklari, desant vertolyot tashuvchilarini jalb qilish rejalashtirilgan edi, deb yozadi Le Parisien.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025